Sabo Academy — arab tili kurslari
Sabo Academy — xorijiy tillar markazi. Arab tilini noldan boshlab 1 yilda o‘rganing: tajribali ustozlar bilan jonli darslar (onlayn Zoom va offline), haftada 3 marta, har biri 80 daqiqa. Ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida kichik guruhlar (10 kishigacha). Har bir dars yozib olinadi.
Arab tili kursi: A1 dan C2 gacha
- 1-oy: harflar va o‘qish
- 3-oy: ravon o‘qish va to‘g‘ri talaffuz
- 6-oy: ma’noni tushunish, asosiy grammatika
- 12-oy: arabcha gaplashish (A2–B1)
Tekin dars va bepul daraja testi
Birinchi dars — tekin. Raqamingizni qoldiring yoki qo‘ng‘iroq qiling. Darajangizni saytdagi bepul test bilan 10 daqiqada aniqlang.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Arab tilini noldan o‘rgansam bo‘ladimi?
Ha. Darslar alifbodan boshlanadi: harflar, o‘qish, keyin grammatika va suhbat. Noldan boshlab 1 yilda arabcha matnni tushunib o‘qish va kundalik suhbat darajasiga yetasiz.
Darslar onlaynmi yoki offlaynmi?
Ikkalasi ham bor. Onlayn darslar Zoom orqali jonli o‘tadi — O‘zbekistonning istalgan joyidan va chet eldan qatnashish mumkin.
Darslar qanchalik tez-tez bo‘ladi?
Haftada 3 marta, har bir dars 80 daqiqa. Ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlardan qulayini tanlaysiz.
Guruhlar qanday tuzilgan?
Ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida guruhlar. Guruhda 10 kishigacha — ustoz har bir o‘quvchiga vaqt ajratadi.
Darsni qoldirib ketsam nima bo‘ladi?
Har bir dars yozib olinadi. Yozuv, uy vazifasi va ustoz izohlari shaxsiy kabinetingizda turadi — ortda qolmaysiz.
Darajamni qanday bilaman?
Saytdagi bepul daraja testini topshiring: 20 ta savol, 10 daqiqa. Natijaga qarab sizga mos guruh tavsiya qilinadi.
Tekin dars qanday o‘tadi?
“Tekin darsga yozilish” tugmasini bosing va raqamingizni qoldiring. Administratorimiz bog‘lanadi va jonli ochiq dars havolasini yuboradi.
Bog‘lanish
Telefon: +998 50 999 97 33
Instagram sahifasi
Telegram
Facebook