SABO ACADEMY

Misrlik ustoz bilan arab tili

Ustozimiz — Qohira universitetining Dor al-Ulum fakulteti bitiruvchisi, 10 yildan ortiq arab tilidan dars beradi, o‘quvchilari C1–C2 darajaga chiqqan. Ona tili arab tili, o‘zbekcha ham gapiradi — tushunmagan joyingizni o‘zbekcha tushuntiradi.

Darslar qanday o‘tadi

Natijangiz

1-oyharflar va o‘qish
3-oyravon o‘qish va to‘g‘ri talaffuz
6-oyma’noni tushunish, asosiy grammatika
12-oyarabcha gaplashish (A2–B1)

Ko‘p so‘raladigan savollar

Nega ona tili arab bo‘lgan ustoz muhim?

Talaffuz, intonatsiya va jonli so‘zlashuv ona tilida gapiradigan odamdan eng to‘g‘ri o‘rganiladi — siz kitobdagi emas, haqiqiy arab tilini eshitasiz.

Arab tilini noldan o‘rgansam bo‘ladimi?

Ha. Darslar alifbodan boshlanadi: harflar, o‘qish, keyin grammatika va suhbat. Noldan boshlab 1 yilda arabcha matnni tushunib o‘qish va kundalik suhbat darajasiga yetasiz.

Darslar onlaynmi yoki offlaynmi?

Ikkalasi ham bor. Onlayn darslar Zoom orqali jonli o‘tadi — O‘zbekistonning istalgan joyidan va chet eldan qatnashish mumkin.

Darslar qanchalik tez-tez bo‘ladi?

Haftada 3 marta, har bir dars 90 daqiqa (1,5 soat). Ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlardan qulayini tanlaysiz.

Guruhlar qanday tuzilgan?

Ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida guruhlar. Guruhda 10 kishigacha — ustoz har bir o‘quvchiga vaqt ajratadi.

Darsni qoldirib ketsam nima bo‘ladi?

Har bir dars yozib olinadi. Yozuv, uy vazifasi va ustoz izohlari shaxsiy kabinetingizda turadi — ortda qolmaysiz.

Boshqa sahifalar