SABO ACADEMY

Arab alifbosini o‘rganish

Arab tili alifbodan boshlanadi. 28 harfni, har birining og‘izdagi chiqish joyini va unlilarni (a, i, u) ustoz bilan jonli o‘rganasiz — talaffuz boshidan to‘g‘ri qo‘yiladi.

Arab alifbosi qanday tuzilgan?

Arab alifbosida 28 ta harf bor va yozuv o‘ngdan chapga yoziladi. Ko‘pchilik harflar so‘z ichida qayerda turganiga qarab (boshida, o‘rtasida, oxirida yoki alohida) shaklini biroz o‘zgartiradi — shuning uchun har bir harfni to‘rt ko‘rinishda tanib olish o‘rgatiladi.

Arab yozuvida qisqa unlilar (a, i, u) harf sifatida yozilmaydi — ular harf ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan belgilar (harakatlar) bilan ko‘rsatiladi. Boshlang‘ich bosqichda matnlar shu belgilar bilan o‘qiladi, keyinchalik belgisiz o‘qishga o‘tiladi.

O‘zbek tilida yo‘q tovushlar

Arab tilida o‘zbek tilida uchramaydigan bir nechta tovush bor: chuqur bo‘g‘iz tovushlari (masalan ح, ع), qalin talaffuz qilinadigan harflar (ص, ض, ط, ظ) va tishlar orasidan chiqadigan tovushlar (ث, ذ). Aynan shu joyda ko‘pchilik xato qiladi.

Shuning uchun talaffuzni ona tili arab tili bo‘lgan ustozdan o‘rganish muhim: ustoz har bir harfni qanday chiqarishni ko‘rsatadi, siz takrorlaysiz va xatongiz o‘sha zahoti tuzatiladi.

Darslarda alifbo qanday o‘rganiladi?

Har darsda bir nechta harf: avval tovushi, keyin yozilishi, keyin shu harflar bilan bo‘g‘in va so‘z o‘qish. Darsdan keyin kabinetda shu harflar bo‘yicha interaktiv mashqlar va videodars turadi — uyda takrorlaysiz.

Alifbo tugagach, darhol oddiy so‘zlar va qisqa gaplarni o‘qishga o‘tasiz. Maqsad — faqat harflarni bilish emas, balki ravon o‘qish va o‘qiganini tushunish.

Darslar qanday o‘tadi

Natijangiz

1-oyharflar va o‘qish
3-oyravon o‘qish va to‘g‘ri talaffuz
6-oyma’noni tushunish, asosiy grammatika
12-oyarabcha gaplashish (A2–B1)

Ko‘p so‘raladigan savollar

Alifboni o‘rganish qancha vaqt oladi?

Odatda birinchi oyda harflarni tanib, so‘zlarni o‘qiy boshlaysiz. Kabinetdagi interaktiv mashqlar bilan har kuni takrorlab borasiz.

Arab tilini noldan o‘rgansam bo‘ladimi?

Ha. Darslar alifbodan boshlanadi: harflar, o‘qish, keyin grammatika va suhbat. Noldan boshlab 1 yilda arabcha matnni tushunib o‘qish va kundalik suhbat darajasiga yetasiz.

Darslar onlaynmi yoki offlaynmi?

Ikkalasi ham bor. Onlayn darslar Zoom orqali jonli o‘tadi — O‘zbekistonning istalgan joyidan va chet eldan qatnashish mumkin.

Darslar qanchalik tez-tez bo‘ladi?

Haftada 3 marta, har bir dars 90 daqiqa (1,5 soat). Ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlardan qulayini tanlaysiz.

Guruhlar qanday tuzilgan?

Ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida guruhlar. Guruhda 10 kishigacha — ustoz har bir o‘quvchiga vaqt ajratadi.

Darsni qoldirib ketsam nima bo‘ladi?

Har bir dars yozib olinadi. Yozuv, uy vazifasi va ustoz izohlari shaxsiy kabinetingizda turadi — ortda qolmaysiz.

Boshqa sahifalar