SABO ACADEMY

Arab tili kechki kursi — ishdan keyin

Kunduzi ishlaysiz yoki o‘qiysiz-u, arab tilini o‘rganishga vaqt topolmayapsizmi? Kechki guruhlar aynan siz uchun: ishdan keyin, uydan turib, ustoz bilan jonli darslar.

Kechki guruh qanday ishlaydi?

Darslar kechki vaqtda, Zoom’da jonli o‘tadi — yo‘lga vaqt ketmaydi, uydan yoki istalgan joydan qatnashasiz. Aniq dars vaqtlari bosh sahifadagi «Dars vaqtlari» bo‘limida ko‘rsatilgan.

Guruh noldan (A0) boshlanadi: avval alifbo va o‘qish, keyin grammatika va gapirish. Arab tilini umuman bilmasangiz ham bemalol qo‘shilasiz.

Charchab qolsam yoki darsni qoldirsam-chi?

Har bir dars yozib olinadi va kabinetingizda turadi. Shu mavzu bo‘yicha qisqa videodars, so‘z yodlash va uy vazifasi ham bor — 20–30 daqiqada qo‘shimcha takrorlab olasiz.

Guruhda 10 kishigacha, shuning uchun ustoz har kimga vaqt ajratadi va ortda qolganlarga yordam beradi.

Darslar qanday o‘tadi

Natijangiz

1-oyharflar va o‘qish
3-oyravon o‘qish va to‘g‘ri talaffuz
6-oyma’noni tushunish, asosiy grammatika
12-oyarabcha gaplashish (A2–B1)

Ko‘p so‘raladigan savollar

Qaysi darajadan boshlanadi?

Kechki guruhlar A0 (noldan) darajadan boshlanadi. Arab tilini biroz bilsangiz, daraja testini topshirib mos guruhga qo‘shilasiz.

Arab tilini noldan o‘rgansam bo‘ladimi?

Ha. Darslar alifbodan boshlanadi: harflar, o‘qish, keyin grammatika va suhbat. Noldan boshlab 1 yilda arabcha matnni tushunib o‘qish va kundalik suhbat darajasiga yetasiz.

Darslar onlaynmi yoki offlaynmi?

Ikkalasi ham bor. Onlayn darslar Zoom orqali jonli o‘tadi — O‘zbekistonning istalgan joyidan va chet eldan qatnashish mumkin.

Darslar qanchalik tez-tez bo‘ladi?

Haftada 3 marta, har bir dars 90 daqiqa (1,5 soat). Ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlardan qulayini tanlaysiz.

Guruhlar qanday tuzilgan?

Ayollar, erkaklar va bolalar uchun alohida guruhlar. Guruhda 10 kishigacha — ustoz har bir o‘quvchiga vaqt ajratadi.

Darsni qoldirib ketsam nima bo‘ladi?

Har bir dars yozib olinadi. Yozuv, uy vazifasi va ustoz izohlari shaxsiy kabinetingizda turadi — ortda qolmaysiz.

Boshqa sahifalar